Isroil genotsid ayblovlarini yana surbetlarcha rad etdi

Olam

image

Isroil G‘azo sektorida urush olib bormoqda, lekin u genotsid qilmayapti. Mamlakat tinch aholini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda yahudiy davlati vakili Gilad Noam Xalqaro sudda bo‘lib o‘tgan sud majlisida so‘z ochdi. Yig‘ilish Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyaning mumkin bo‘lgan buzilishi uchun Janubiy Afrika tomonidan qo‘yilgan da’vo doirasidagi qo‘shimcha vaqtinchalik choralarga bag‘ishlangan. 

“Janubiy Afrika bu yerda faktlar va holatlarga hech qanday aloqasi yo‘q portretni taqdim etmoqda. Isroil fojiali va murakkab qurolli to‘qnashuvda ishtirok etmoqda, ammo Janubiy Afrika vaziyatni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan bu kontekstni e’tiborsiz qoldirmoqda. Isroil hujum ostida va o‘zini va fuqarolarini himoya qilish uchun kurashmoqda. Bu – genotsid emas”, deydi Noam surbetlarcha.

Uning urg‘ulashicha, Isroil bilan bir xil qiyin vaziyatga tushib qolgan har qanday davlat ham shunday qiladi.

“HAMAS harakatining shafqatsizligidan himoyalanish huquqini shubha ostiga qo‘yish mumkin emas va Isroil bu huquqni himoya qilishga sodiqdir. Shuning uchun HAMAS tinch aholi hayotini ataylab xavf ostiga qo‘yishga harakat qilsa ham mamlakat [Isroil] G‘azodagi tinch aholini himoya qilish uchun hamma narsani qilmoqda”, deydi u. 

16-17 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishlar G‘azo sektoridagi vaziyatning yomonlashuvi va Isroilning Rafahdagi hujumi munosabati bilan 10 may kuni Janubiy Afrika Respublikasining yuborgan so‘roviga binoan qo‘shimcha vaqtinchalik choralarni joriy etish va joriy qilingan vaqtinchalik choralarga o‘zgartirishlar kiritish masalasiga bag‘ishlangan. Bir kun avval Janubiy Afrika vakillari suddan genotsid konvensiyasi va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi tomonlardan biri sifatida Isroilga sudning avvalgi qarorlariga muvofiq, G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatishni, jumladan Rafahda ham o‘z qurolli kuchlarini G‘azo sektoridan darhol, to‘liq va so‘zsiz olib chiqib ketishni talab qildi. 

Janubiy Afrika 2023 yil 29 dekabrda Gaagadagi Xalqaro sudga Isroilga qarshi ish ochdi. Hujjatda Janubiy Afrika tomoni sud tomonidan Isroil hukumatining G‘azo sektoridagi harakatlari genotsid deb baholanishini, chunki ular G‘azodagi falastinliklarni yirikroq milliy, irqiy va etnik guruhning bir qismi sifatida yo‘q qilish niyatida amalga oshirilayotganini tan olishni talab qilmoqda. 

Janubiy Afrika tomoni, shuningdek, suddan Falastin aholisini Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyada nazarda tutilgan huquqlarining keyingi jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan buzilishidan himoya qilish uchun vaqtinchalik choralar ko‘rishni so‘radi. 

Hukumat 26 yanvar kuni Isroil G‘azoda genotsidning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak degan qarorga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro jinoiy sud G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing