Isroil G‘azoga raketa hujumi uyushtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil harbiy-havo kuchlari blokirovka qilingan G‘azo sektori hududiga havo hujumi uyushtirdi. 

Ta’kidlanishicha, eksklav janubidagi Rafah, Xon-Yunus va Bayt Lahiya shaharlaridagi Falastin qarshilik guruhlarining to‘rtta ob’ekti havo hujumlari bilan nishonga olingan. 

Isroil Mudofaa kuchlarining xabar berishicha, zarbalar harbiy lagerga, qurol ishlab chiqaruvchi ob’ektga va Falastinning HAMAS harakatining tunneliga qaratilgan. 

Qurbonlar va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Isroil rasmiylari “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi oxirgi 48 soat ichida G‘azodan uchirilgan uchta raketani yo‘q qilganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabrida ham Isroil mudofaa kuchlari Falastinning G‘azo sektoriga aviazarba bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing