Isroil G‘azoga hujumni kuniga 4 soat to‘xtatadi – Oq uy

Olam

image

AQSH Prezidenti ma’muriyati Isroil blokada ostida qolgan G‘azo sektori shimolidagi tinch aholining chiqib ketishi uchun hujumlarni kuniga to‘rt soatga to‘xtatishga rozi bo‘lganini bildirdi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Isroil har 4 soatlik tanaffusni o‘qqa tutish to‘xtatilishidan 3 soat oldin e’lon qiladi.

“Ushbu pauzalar, ayniqsa tinch aholining janglardan uzoqroqda xavfsizroq hududlarga yetib borishiga yordam berish nuqtai nazaridan, to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamdir. Bu tanaffuslar insonparvarlik yordamining muhtoj hududlarga yetib borishiga va falastinliklarning hududni zararsiz tark etishiga imkon beradi”, deydi Kirbi.

Shuningdek, Kirbi Isroil bugun boshlanishi rejalashtirilgan 4 soatlik tanaffusda bu hududlarda hech qanday harbiy amaliyot o‘tkazmasligini ma’lum qilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uning mamlakati G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, anklavda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing