Isroil G‘azodagi urushning uchinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

Olam

image

Isroil harbiylari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyaning uchinchi bosqichini boshladi va anklav janubidagi Xon Yunus shaharchasini o‘rab oldi. Bu haqda kecha, 5 dekabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi ma’lum qildi.

“Urush boshlanganidan 60 kun o‘tib, bizning kuchlarimiz G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus hududini qurshab oldi. Shu bilan birga, biz G‘azo sektorining shimolidagi o‘z pozitsiyalarimizni mustahkamlashda davom etmoqdamiz. Biz quruqlikdagi operatsiyalarning uchinchi bosqichiga o‘tdik”, deydi Halevi.

Shuningdek, u so‘nggi bir necha kun ichida HAMASning ko‘plab jangchilari, jumladan, yuqori martabali qo‘mondonlar o‘ldirilganini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, Halevi G‘arbiy Sohilda HAMASning 1,2 mingdan ortiq tarafdori qo‘lga olinganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarining uch bosqichini e’lon qilgandi. Birinchi bosqich blokirovka qilishni, ikkinchi bosqich doimiy havo hujumlarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich esa G‘azo sektoriga kirib borishni kengaytirish sanaladi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning vazifasi HAMASning harbiy va ma’muriy salohiyatini yo‘q qilishdir.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing