Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi. Bolalar qurbon bo‘ldi
Olam
−
13 yanvar
2167Bugun, 13 yanvar kuni Isroil G‘azo shahridagi maktabga bergan zarbalari oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, havo zarbasi shaharning shimolida joylashgan Jabaliya qochoqlar lageridagi “Salah ad-Din” maktabiga uyushtirilgan. Hujum oqibatida kamida 8 kishi, jumladan bolalar halok bo‘lgan.
E’lon qilingan videoda maktabning ichki hovlisida ko‘plab falastinliklar jon saqlayotgani, hujum oqibatida asosan bolalar jabrlanib, ularni tibbiy tez yordam mashinalariga joylashtirishayotgani, vafot etgan go‘daklarni quchib, ko‘z yosh to‘kayotgan odamlar tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Indoneziya shifoxonasining to‘rt bemorini hibsga olgandi. Bemorlar G‘azo shahridagi Indoneziya shifoxonasidan “Ash-Shifa” shifoxonasiga ko‘chirilayotgan paytda Isroilning bosqinchi kuchlari tomonidan hibsga olingan. Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya shifoxonasida yetti nafar bemor va 10 nafar tibbiyot xodimi og‘ir sharoitda qolgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi pastladi.
16:15