Isroil harbiylari G‘azo shifoxonasidagi to‘rt bemorni hibsga oldi
Olam
−
30 dekabr 2024
2102Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Indoneziya shifoxonasining to‘rt bemorini hibsga oldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bemor G‘azo shahridagi Indoneziya shifoxonasidan “Ash-Shifa” shifoxonasiga ko‘chirilayotgan paytda Isroilning bosqinchi kuchlari tomonidan hibsga olingan. Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri og‘ir ahvolda.
Isroil harbiylari G‘azo shahridagi tibbiyot muassasalariga qarshi rejalashtirilgan hujumlarini davom ettirmoqda, tibbiyot xodimlarini Falastinning HAMAS harakati tarafdorlari deb ayblab, ularni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilmoqda.
Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Indoneziya kasalxonasida yetti nafar bemor va 10 nafar tibbiyot xodimi og‘ir sharoitda qolmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 dekabr kuni Isroil kuchlari shimoliy Beyt-Laxiya shahridagi Kamol Advan kasalxonasiga reyd uyushtirib, tibbiyot muassasasining katta qismini yoqib yuborgan, bemorlar va ko‘chirilgan tinch aholini qochishga majbur qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 2023 yil oktyabr oyida G‘azo sektorida urush boshlanganidan buyon Isroil hujumi oqibatida 45,5 mingga yaqin falastinlik halok bo‘lgani, 108 mingdan ortig‘i jarohatlanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


