Isroil G‘azoda 1,5 atom bombasi kuchiga teng bomba ishlatgan – Falastin
Olam
−
31 Oktabr 2023
17676Joriy yilning 7 oktyabridan beri Isroil G‘azo sektorida 18 ming tonnadan ortiq portlovchi moddadan foydalangan, bu taxminan 1,5 atom bombasi kuchiga teng. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi media bo‘limi rahbari Salame Ma’ruf ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bosqinchi kuchlar G‘azoda 85 ta hukumat binosini vayron qilgan.
“Isroil G‘azo sektoridagi 47 ta masjidni vayron qildi va 3 ta cherkovga katta zarar yetkazdi. Hujumlar oqibatida 200 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan, ularning 32,5 mingtasi yashash uchun yaroqsiz holga kelgan, 203 ta maktab jiddiy zarar ko‘rgan, 45 ta maktab butunlay ishdan chiqqan”, deydi Ma’ruf.
Unga ko‘ra, Isroil armiyasi 908 oilani ya’ni minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.
“Hujumlar oqibatida 35 nafar jurnalist, 124 nafar tibbiyot xodimi va favqulodda qutqaruv guruhlaridan 18 nafar fuqaro muhofazasi xodimi halok bo‘ldi”, deya ta’kidlaydi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 oktyabr kuni Save the Children tashkiloti G‘azoda o‘ldirilgan 7703 kishining 40 foizdan ortig‘ini, Falastin hududi va Isroilda halok bo‘lganlarning uchdan biridan ko‘prog‘ini bolalar tashkil etishini ma’lum qilgandi. G‘azoda yana 1000 nafar bola vayronalar ostida g‘oyib bo‘lgani uchun halok bo‘lganlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr