Isroil Eronga profilaktik zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Olam
−
05 avgust
7996Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kecha, 4 avgust kuni armiya va razvedka xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda agar Eron tomonidan hujum muqarrar deb topilsa, unga qarshi zarba berish varianti muhokama qilindi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant, Isroil armiyasi bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevi, “Mossad” razvedka boshqarmasi rahbari David Barnea va Umumiy xavfsizlik xizmati rahbari Ronen Bar ishtirok etgan. Bu HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi uchun Eron tomonidan javob zarbasi bo‘lishi kutilayotgani fonida sodir bo‘ldi.
“Times of Israel”ning qayd etishicha, Isroil Eron va uning ittifoqchilaridan nima kutishni bilmaydi, shuning uchun hujumga javob berish yoki oldini olishning turli variantlarini muhokama qilmoqda.
“Ushbu variantlardan biri – oldindan ogohlantiruvchi zarba”, deb yozmoqda Ynet.
Ammo bu Isroil Eronning hujumni amalga oshirish niyatini tasdiqlovchi razvedka ma’lumotlarini olgan taqdirdagina sodir bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 avgust kuni Isroil va AQSH Eronning yirik hujumiga tayyorlanayotganligi haqida xabar qilingandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi