Isroil Eronga hujum fonida havo hududini yopdi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Isroil Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlangan bir paytda mamlakat havo hududini fuqarolik aviatsiyasi uchun vaqtincha yopdi. Natijada Isroilga va Isroildan amalga oshiriladigan barcha fuqarolik reyslari bekor qilindi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, xavfsizlik vaziyati sababli havo maydoni bir muddatga yopiladi.

“Jamoatchilikdan keyingi xabarnoma berilmaguncha aeroportlarga kelmaslik so‘raladi”, deyiladi Transport vazirligi bergan bayonotda.

Shuningdek, hozirda chet elda bo‘lib turgan yo‘lovchilarga havo maydoni qayta ochilgach, parvozlar jadvali haqida ommaviy axborot vositalari va aviakompaniyalari orqali muntazam ravishda ma’lumot olib borish tavsiya etilgan.

Bayonotda xorijdagi Isroil fuqarolariga Milliy xavfsizlik kengashining ko‘rsatmalari va tavsiyalariga qat’iy amal qilish zarurligi ham ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronga berilgan zarbalar ortidan Isroilda shoshilinch favqulodda holat e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Milliy xavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing