Isroil Eron energiya ob’ektlari yonidagi mudofaa tizimlarini yo‘q qilgan – NYT 

Olam

image

Isroil Erondagi muhim energiya ob’ektlari atrofidagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini ataylab nishonga olgan va ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba bergan. Bu haqda nomi oshkor etilmagan Eron va Isroil rasmiylariga tayanib, "The New York Times" nashri xabar berdi.

Eronning va Isroil Mudofaa vazirligining uch rasmiysining aytishicha, Isroil kuchlari nishonlari Xuziston viloyatidagi Bandar Imom Xomayniy neft-kimyo majmuasi, Bandar Imom Xomayniy porti, Abadan neftni qayta ishlash zavodi, Ilam viloyatidagi gaz koni va boshqa havo hujumidan mudofaa ob’ektlaridan iborat bo‘lgan. 

Erondagi NYT manbalarining ta’kidlashicha, Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlarini yo‘q qilgani Tehronda chuqur xavotir uyg‘otgan, chunki Tehron hozirda muhim energetika ob’ektlariga kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hujumlar oldida  zaif.

Eslatib o‘tamiz, Isroil mudofaa kuchlari 26 oktyabrga o‘tar kechasi Erondagi harbiy ob’ektlarga hujum uyushtirgan edi. Keyinchalik Isroil Eronni yaqinlashib kelayotgan zarba va potensial nishonlar haqida oldindan ogohlantirib, unga javoban hujum qilmaslikka chaqirgani xabar qilindi. Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati bu xabarni rad etdi. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon esa Eronning Isroil hujumiga javobi muvozanatli va o‘ylangan bo‘lishini bildirdi.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing