Isroil dunyodagi birinchi jangovar lazerni qo‘llamoqchi

Olam

image

Isroil yil oxirigacha o‘zining yuqori quvvatli, jangovar qo‘llanishga mo‘ljallangan birinchi havo mudofaasi lazer tizimini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu tizim dronlar, raketalar va boshqa havo tahdidlariga qarshi kurash usullarini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“Iron Beam” (“Temir nur”) deb nomlangan tizim sentyabr oyida ekspluatatsion sinovlarni yakunlagan va dunyodagi birinchi jangovar shay lazerli to‘siq tizimiga aylanishi kutilmoqda. 

100 kilovatt quvvatga ega lazer qurilmasi nishonlarni atigi bir necha soniya ichida yakson qila oladi va an’anaviy raketadan anchagina arzon turadi.

Ko‘plab sinovlar davomida “Iron Beam” raketalar, dronlar va boshqa havo nishonlarini muvaffaqiyatli yo‘q qilgan. Mudofaa vazirligi vakillarining aytishicha, lazer “aniq va ishonchli” ishlashni maksimal sharoitlarda namoyish qilgan.

“Iron Beam” Isroilning ko‘p qatlamli havo mudofaa tizimining beshinchi bo‘g‘ini bo‘ladi. Bu tizimga allaqachon “Temir gumbaz”, “Dovudning sanchog‘i”, Arrow-2 va Arrow-3 majmualari kiradi.

Mavjud tizimlar raketalar va ballistik nishonlarni urib tushirishda 90–95 foiz samaradorlik ko‘rsatadi, biroq dronlar va past balandlikda uchuvchi BPLAְ’larni ushlashda ancha qiyinchilikka ega, ba’zan samaradorlik atigi 50 foiz atrofida bo‘ladi, deya qayd etadi isroillik rasmiylar.

Yangi lazer aynan yerga yaqin, past balandlikda uchadigan kichik va sekin nishonlarni yo‘q qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya hukumati Isroilga G‘azo sektorida foydalanishi mumkin bo‘lgan qurol yetkazib berish bo‘yicha taqiqni bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil lazer Iron Beam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing