Isroil askarlari BMT karvoniga hujum qildi

Olam

image

Isroil askarlari G‘azo sektorida BMT karvoniga hujum qildi va bir mashinaga zarar yetkazdi. Bu haqda BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzarini o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, kecha, 21 iyul kuni Isroil kuchlari G‘azo sektorida BMT karvoniga qarata o‘t ochgan. Oqibatda BMT zirhli mashinasiga 5 ta o‘q tekkan va jiddiy zarar ko‘rgan.

Shuningdek, UNRWA Bosh komissari hujumga uchragan mashinalarda BMT nishonlari bo‘lganini aytdi. Lazzarinining so‘zlariga ko‘ra, karvon G‘azoga jo‘nashdan oldin Isroil rasmiylari tomonidan muvofiqlashtirilgan va tasdiqlangan.

Otishma oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q. 

“Yordamchilar nishonga olinmasligi kerak. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi shart”, deya yozgan Lazzarini.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning Yamanga hujumidan chuqur xavotirda ekanligini bildirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing