Isroil “Ash-Shifa”dan odamlarni evakuatsiya qilishni talab qilmaganini aytdi
Olam
−
18 noyabr 2023
3452Isroil armiyasi “Ash-Shifa” shifoxonasidan bemorlar va tibbiyot xodimlarini evakuatsiya qilishni talab qilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda SAXALga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.
“SAXAL hech qachon bemorlarni yoki tibbiy guruhlarni evakuatsiya qilishni so‘ramagan”, deydi Isroil harbiylari.
Unga ko‘ra, SAXAL shifoxona direktorining muassasani boshpana qilgan va bu yerdan ketishni xohlayotganlarga xavfsiz hudud orqali chiqib ketishga ruxsat berish haqidagi iltimosini qanoatlantirgan.
“Armiya har safar tibbiy evakuatsiyani muvofiqlashtirish so‘rovi bo‘lsa, ular buni osonlashtirish va bemorlarni boshqa shifoxonalarga o‘tkazish uchun harakat qilishni taklif qiladi”, deyiladi xabarda.
“Agence France-Presse”ning yozishicha, Isroil armiyasi evakuatsiya qilish uchun bir soat vaqt berganidan so‘ng, shifoxonadan yuzlab odamlar ketgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, binoda kamida 450 nafar bemor qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Al Hadath” telekanali Isroil harbiylari tibbiyot muassasasi binosi va unga tutash binolarni tark etishga hech kimga ruxsat bermayotganini xabar qilgandi. Keyinchalik shifoxona rahbari va ikki shifokorga tayanib, “Al Jazeera” evakuatsiya qilish uchun bir soat vaqt berilgani va shifoxonasidagi barchaga, jumladan, shifokorlar, bemorlar va ko‘chirilganlar ketishga majbur bo‘lganini yozgandi.
LiveBarchasi