Isroil AQSHni majburlamadi – Tramp
Olam
−
09:22 2517 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil AQSHni Eron bilan urushga tortib kiritgani haqidagi taxminlarni rad etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
U Oq uydagi Oval kabinetda, jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aynan AQSH “Isroilni harakat qilishga majbur qilganini” ta’kidlagan.
“Agar biz bunday qilmaganimizda, ular hujum qilmoqchi edi. Ular birinchi bo‘lib zarba bermoqchi edi. Men buni juda yaqqol his qildim. Agar shunday deyish mumkin bo‘lsa, ehtimol, men Isroilni harakat qilishga majbur qilgandirman, ammo Isroil ham, biz ham tayyor edik. Bizning zarbamiz juda kuchli bo‘ldi – deyarli hammasi yo‘q qilindi. Endi ularning raketa zaxirasi ancha qisqargan”, degan Oq uy rahbari.
Avvalroq, Marko Rubio Prezident Eronga zarba berish qarorini qabul qilganini, chunki AQSH Isroil bir tomonlama harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan deb hisoblaganini aytgan edi.
28 fevraldan beri AQSH va Isroil Eron hududi bo‘ylab, jumladan Tehron shahriga ham zarbalar berib kelmoqda. Eron esa javob tariqasida Yaqin Sharq bo‘ylab Amerika harbiy bazalariga, shuningdek Isroil hududiga hujumlar uyushtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi rahbariyatiga qarshi navbatdagi zarba berilganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, bu zarba juda kuchli bo‘lgan va oqibatlari sezilarli darajada bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi