Isroil Adhamov nogironligi borlar uchun sharoit yaratmagan hokimlarga chora ko‘radi

Jamiyat

image

Bosh prokuror o‘rinbosari Isroil Adhamovga nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratish borasida o‘zgarish qilmaganlarga qat’iy chora ko‘rish topshirildi.  Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy ko‘cha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablag‘ ham bermagan.

Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan ko‘chada qilish vazifasi qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 11 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan. Prezidentning tegishli farmoniga asosan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan adliya katta maslahatchisi Isroil Mirjamolovich Adhamov ushbu lavozimga tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ushbu majlisda kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmagani, 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Adhamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing