Bosh prokurorning yangi o‘rinbosari tayinlandi
Jamiyat
−
14 Sentabr
8610O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Isroil Mirjamolovich Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Isroil Adhamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Isroil Adhamov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlangandi. U har hafta kamida bitta tumanga borib, kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o‘rganadi, kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr