Isroil “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Olam

image

Bugun, 24 aprel kuni Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Livan janubidagi “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi Isroil harbiylari tomonidan yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda "AP news" nashri xabar berdi.

“Livan janubidagi “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi yo‘q qilindi. Qolgan yarmi esa Isroil armiyasi operatsiyalari natijasida mamlakat janubida yashiringan yoki qochib ketmoqda”, degan Galant.

Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Isroilning asosiy maqsadi “Hizbulloh” hujumlari ortidan ko‘chirilgan o‘n minglab isroilliklarni uyiga qaytarishdir.

"Biz bu masalani hal qilish uchun barcha muqobil variantlarni ko‘rib chiqyapmiz va kelgusi davr hal qiluvchi ahamiyatga ega", degan u.

Eslatib o‘tamiz, Isroil harbiylari Livanga tunda uyushtirilgan havo hujumida “Hizbulloh” qo‘mondonini o‘ldirganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing