Isroil “Hizbulloh” bilan “mushtlashish”ni boshladi
Olam
−
07 noyabr 2023
18794Isroil harbiylari Livandagi “Hizbulloh” tashkiloti pozitsiyalariga hujum qilishni boshladi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Isroil mudofaa kuchlari ayni damda Livandagi “Hizbulloh” jangarilarining marralariga zarba bermoqda. Tafsilotlar keyinroq ma’lum bo‘ladi”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq Fransiya "Hizbulloh"ga qarshi turish uchun Livan armiyasiga o‘nlab zirhli texnikalar jo‘natayotgani haqida yozgan edik. Bu haqda Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu "L'Orient Le Jour" gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, Fransiya Mudofaa vaziri Livandagi yana bir kuch – muvaqqat hukumatning Bosh vaziri Najib Mikati bilan uchrashib, mamlakat milliy armiyasini kuchaytirish haqida gaplashgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Hizbulloh"ning qurolli qanoti Livan bilan chegaradagi Isroil mudofaa kuchlarining pozitsiyalariga kamikadze dronlari va boshqariladigan raketalari bilan hujum qilgandi.
LiveBarchasi