Isroil harbiylari G‘azoda BMT avtomobilini o‘qqa tutdi
Olam
−
29 avgust
349427 avgust kuni Isroil harbiylari G‘azo sektorida BMT avtomashinasini o‘qqa tutdi. Gumanitar yordam xodimlari jabrlanmagan. Bu haqda BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining aniq belgilangan gumanitar yuk mashinasi 10 marta o‘qqa tutildi, old oynalar nishonga olingan. Avtomobilda bo‘lgan ikki yo‘lovchi zarar ko‘rmagan. Bizga qarata o‘q uzayotganlarning fikrini baholashning imkoni yo‘q”, dedi Stefan Dyujarrik.
Uning aytishicha, bu muvofiqlashtirish uchun mavjud tizimlar ishlamayotganini ko‘rsatadigan so‘nggi voqea. Shunga o‘xshash voqealar takrorlanmasligini ta’minlash uchun ishlar davom ettiriladi.
Qayd etilishicha, bu Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri BMT avtomashinalariga o‘q uzilishi bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. May oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindistondan kelgan xodimi G‘azo janubida ularning mashinasiga tank o‘t ochishi sabab halok bo‘lgan.
Gumanitar yordam mashinasi BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida yegulik tarqatish uchun ketayotgan bo‘lgan. Davom etayotgan havo hujumlari va Isroil kuchlarining qayta-qayta evakuatsiya qilish buyrug‘i agentlikning ko‘plab oziq-ovqat omborlari va jamoat oshxonalarini yopishga majbur qilgan. G‘azoda belgilangan gumanitar hudud ham doimiy ravishda qisqarib bormoqda va o‘tgan oyning o‘zida bu zona 38 foizga toraygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azoga 125 ta gumanitar missiya kirishiga ruxsat bermagani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi