Isroil HAMASni bitimni buzganlikda aybladi
Olam
−
16 yanvar
4056Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha sulh bitimidagi ba’zi bandlardan voz kechganini aytdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Isroil hukumati HAMAS a’zolarini “so‘nggi daqiqada inqiroz” keltirib chiqarishda ayblagan, bu esa kelishuvga erishishga to‘sqinlik qilgan.
“Isroil Vazirlar Mahkamasi vositachilar Isroilga HAMAS kelishuvning barcha elementlarini qabul qilganligi to‘g‘risida xabar bermaguncha yig‘ilmaydi”, deyiladi Netanyaxu idorasi bayonotida.
“Al Jazeera”ga ko‘ra, HAMAS vakillari sulh bitimiga sodiq qolishini ta’kidlagan. Shuningdek, OAV xabarlariga ko‘ra, Isroil kuchlari G‘azo sektori bo‘ylab hujumlarini davom ettirmoqda va kelishuv e’lon qilinganidan beri anklavda kamida 40 falastinlikni o‘ldirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hukumati va HAMAS rahbariyati o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini ma’qullash uchun Isroil Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bugun, 16 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar