Isroil HAMAS yetakchisining manzili topilganini da’vo qildi

Olam

image
Isroil HAMAS yetakchilaridan birini yo‘q qildi north_east

Isroil HAMAS yetakchilaridan birini yo‘q qildi

Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida yashiringan joyini aniqlagani, biroq uning garovdagilarni tirik qalqon sifatida qo‘llashi mumkinligi sababli harbiylar hujum qilmayotganini da’vo qilmoqda. Bu haqda “The Times of Israel” gazetasi xabar berdi.

“Isroil Sinvarning aniq manzilini bilgan ko‘rinadi. Biroq u o‘zini ko‘p sonli isroillik garovga olganlar bilan o‘rab olgan, bu esa unga zarba berishga to‘sqinlik qiladi”, deb yozgan nashr. 

Isroil harbiy razvedkasining sobiq rahbari Amos Yadlin ham Kan davlat teleradiokompaniyasi efirida xuddi shunday bayonot bilan chiqqan. Shunga qaramay, bu kabi axborotlar Isroilning navbatdagi hiylasi ham bo‘lishi mumkin.

Qayd etish joizki, o‘tgan yilning dekabr oyida SAXAL G‘azo sektorining shimoliy qismida Sinvarning boshpanalaridan biriga ulangan tunnellar tarmog‘i topilgani va yo‘q qilinganini e’lon qilgandi. Taxminan 20 m chuqurlikda joylashgan bunkerda boshpana, namozxona va dam olish xonalari mavjud bo‘lgani aytilgan. Qayd etilishicha, tunnel elektr tarmog‘i, ventilyatsiya va kanalizatsiya infratuzilmasi bilan jihozlangan, bu uning ichida qolish va uzoq vaqt jangovar harakatlar uchun foydalanish imkonini bergan.

Ma’lumot uchun, 1989 yilda Sinvar Isroilda ikki isroillik askar va to‘rtta falastinlikni o‘g‘irlash va o‘ldirishni rejalashtirganlikda ayblanib, to‘rtta umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi. 22 yildan so‘ng u asirga olingan isroillik askarni qaytarish bo‘yicha tuzilgan kelishuv doirasida ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda SAXAL Yahyo Sinvarning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uchun 400 ming dollar mukofot puli e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS TsAXAL Yahyo Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing