Isroil HAMAS yetakchilaridan birini yo‘q qildi

Olam

image

Kecha, 2 yanvar kuni Livanning Bayrut shahri janubida sodir bo‘lgan portlash oqibatida HAMAS Siyosiy byurosi rahbarining o‘rinbosari Solih al-Aruriy halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi

Aytilishicha, 57 yoshli al-Aruriy va uning ikki sherigi vafot etgan. Portlash SAXAL uchuvchisiz samolyotining HAMAS qarorgohiga bergan zarbasi oqibatida sodir bo‘lgan. 

Livanning “Al Mayadeen” telekanali aniqlik kiritishicha, Isroil droni HAMAS idorasiga uchta raketa bilan hujum qilgan. HAMAS al-Aruriyning o‘limini tasdiqlagan. Livan armiyasi portlash sodir bo‘lgan joyga qo‘shimcha kuchlarni olib kelgan.

Ma’lumot uchun, al-Aruriy HAMAS iyerarxik tuzilmasidagi ikkinchi shaxs edi. U urush boshlanganidan beri Isroil tomonidan o‘ldirilgan eng yuqori martabali HAMAS vakili bo‘ldi. U harakatning oliy siyosiy yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘rinbosari bo‘lgan va guruhning G‘arbiy Sohildagi mavjudligini boshqargan. U, shuningdek, harakatning Livandagi “Hizbulloh” guruhi bilan asosiy aloqachisi bo‘lgan.

“Hizbulloh” yetakchisi Sayid Hasan Nasrulloh Isroilning Livandagi Falastin rasmiylariga qarshi har qanday hujumiga javob qaytarishga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing