Isroil-Hamas to‘qnashuvi ortidan Yevropada musiqiy mukofotlar topshirilmaydi

Madaniyat-san’at

image

Kelgusi oy bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “MTV Europe Music Awards (EMAs)” ning taqdirlash marosimi Fransiyaning eng yuqori darajadagi xavfsizlik rejimida ekanligi va Isroil-Hamas urushi davom etayotgani sababli bekor qilindi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.

Tadbir 5 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ijrochilar orasida Thirty Seconds To Mars, BTS a’zosi Jung Kuk va Rene Repp ham bor edi.

“MTV EMAs har yili an’anaviy o‘tkazib kelinadigan musiqa bayramidir. Isroil va G‘azodagi halokatli voqealar davom etayotganini kuzatar ekanmiz, bu xalqaro bayram uchun mos vaqtga o‘xshamaydi. Minglab odamlar o‘ldirilyapti. Bu –motam”, deydi kompaniya vakili.

Bayonotda, shuningdek, ushbu qaror marosimda qatnashish uchun dunyoning turli burchaklaridan keladigan minglab xodimlar, ekipaj a’zolari, san’atkorlar, muxlislar va hamkorlarning xavfsizligini o‘ylagan holda qabul qilingani bildirilgan.

Unga ko‘ra, taqdirlash marosimi 2024 yilning noyabr oyida yana qaytadi.

Ma’lumot uchun, marosim har yili turli mamlakatda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissyor Tayka Vaytiti va qo‘shiqchi Rita Ora boshchiligida bo‘lib o‘tgandi.

Bu yil marosim bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mamlakat Fransiya edi. Ammo 13 oktyabr kuni shimoli-sharqdagi Arras shahrida maktab o‘qituvchisi o‘ldirilgani va yana uch kishi yaralanganidan so‘ng, Fransiya eng yuqori xavfsizlik darajasini e’lon qilgan. Shuningdek, Fransiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni esa Fransiyaning sakkizta aeroportiga xavfsizlik ogohlantirishlari berilgan va bir nechtasi tekshiruv uchun yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, taniqli xonanda Shakira to‘rtinchi marotaba “Video Music Awards” mukofoti (VMA) bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Isroil musiqa taqdirlash Hamas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing