Isroil HAMAS qo‘mondoni Muhammad Deyf o‘ldirilganini e’lon qildi

Olam

image

Isroil armiyasi HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyf o‘ldirilganini tasdiqladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Deyfning o‘limi Eron poytaxti Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilganidan bir kun o‘tib tasdiqlandi. Bildirilishicha, Deyf joriy yilning 13 iyul kuni G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumda halok bo‘lgan. Isroil harbiylari o‘shanda HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salamaning zarbada halok bo‘lganini aytgan, biroq Deyfning taqdiri bo‘yicha yakuniy tasdiqqa ega emasligi bildirilgandi.

Isroillik harbiy amaldorning CNN telekanaliga aytishicha, ular so‘nggi soatlarda yangi razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan, bu ularga Deyf Xon Yunusga zarba berilganidan qariyb uch hafta o‘tib o‘ldirilganini tasdiqlashga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Deyf 1960 yilda Xon Yunus qochqinlar lagerida tug‘ilgan, deb taxmin qilinadi. Uning asl ismi Muhammad Diab Ibrohim al-Masri bo‘lgan. U keyinchalik Isroil tomonidan ta’qib qilinmaslik va o‘ldirib ketilmaslik uchun o‘nlab yillar davomida har kecha turli uylarda qolish odati tufayli “El Deif” yoki “Mehmon” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Deyf o‘nlab yillar davomida Isroil qidirayotgan odamlar ro‘yxatining boshida edi. AQSH ham, Yevropa Ittifoqi ham uni “qora ro‘yxat”ga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirilgani xabar qilingandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken esa Xoniyaning o‘limida AQSHning aloqasi yo‘qligini aytdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil HAMAS Muhammad Deyf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing