Israel Adesanya yana mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Avstraliyaning Pert shahrida UFC 305 turniri yakuniga yetdi. Oqshomning markaziy jangida Janubiy Afrikalik chempion Drikus dyu Plessi sobiq chempion Israel Adesanyadan o‘rta vazn toifasidagi kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Besh raundlik chempionlik jangining 4-raundida dyu Plessi Yangi Zelandiya jangchisi, o‘rta vazn toifasidagi UFC chempioni Israel Adesanyani bo‘g‘ib qo‘ydi.

Referi tomonidan jang to‘xtatilguniga qadar Drikus hakamlarning ayri qarori bilan g‘alaba qozonayotgandi. Ben Kartdlij Israelga 29:28 hisobidagi g‘alabani taqdim etayotgan bo‘lsa, Charli Kich va Devid Letabi xuddi shu hisob bilan ustunlikni Drikusga taqdim etgan.

Dyu Plessi joriy yilning yanvar oyida Shon Striklendni mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida chempionga aylangan edi. Adesanya esa 2023 yil sentyabr oyida Striklendga imkoniyatni boy berib, tituldan ajralgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFCʼdagi o‘zbekistonlik jangchilar soni yana bir nafarga ko‘payishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Israel' Adesan'ya Drikus dyu Plessi UFC 305

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing