Hali hikoya tugamadi – Adesanya yarimog‘ir vazn toifasida jang qilmoqchi

Sport

image

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya yarimog‘ir vazn toifasi chempionlik jangida yana oktagonga ko‘tarilish niyati borligini ma’lum qildi.

“Blaxovich bilan jangdagi mag‘lubiyatim haqida nega qayg‘urishim kerak? Men yarimog‘ir vazn toifasi chempioniga qarshi turib bera oldim, qo‘limdan kelganicha harakat qildim. To‘g‘ri, natija samarasiz yakunlandi. Lekin o‘zimni yo‘qotib qo‘ymadim.

Men qo‘shimcha vazifani bajarishga harakat qilgandim va endi asosiy vazifam – o‘rta vazn toifasidagi kamarni himoya qilishga qaytdim. Hali hikoya tugamadi, yarimog‘ir vaznlilar bilan yana jang qilmoqchiman”, deydi Adesanya.

Eslatib o‘tamiz, Adesanya joriy yilning 7 mart kuni o‘tkazilgan UFC 269 turnirida faoliyatidadagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. U hakamlarning yakdil qarori bilan yarimog‘ir vazn toifasi chempioni polshalik Yan Blaxovichga mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi bor iyun oyida o‘rta vazn toifasiga qaytib, Marvin Vettorini ikkinchi bor mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Israel' Adesan'ya Yan Blaxovich Marvin Vettori

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing