MMA so‘nggi ikki yillikning eng yaxshilari taqdirlandi

Sport

image

MMA bo‘yicha 2021 yilgi mavsum yakunga ko‘ra Jahonning eng yaxshilari nomi ma’lum qilindi. E’tiborli tomoni faoliyati yakunlanganiga qaramay, Habib Nurmuhamedov sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Rossiyalik jangchi eng yaxshi bo‘g‘ish uslubi uchun atalgan mukofotni qo‘lga kiritdi (2020 yilning oktyabridagi Jastin Getjiga qarshi jang).

Shuningdek, g‘oliblar orasida Kamaru Usman, Rouz Namayunas, Brendon Moreno va Israel Adesanya singari UFC chempionlik kamari sohiblarini ham ko‘rish mumkin.

Yil jangchisi – Kamaru Usman (Yarim o‘rta vazn chempioni, P4P reytingi yetakchisi);

Yilning eng yaxshi ayol jangchisi – Rose Namayunas (ayollar o‘rtasida eng yengil vazn chempioni);

Yil muvaffaqiyati – Brendon Moreno (erkaklar o‘rtasida eng yengil vazn chempioni);

Yilning xalqaro jangchisi – Israel Adesanya (o‘rta vazn chempioni);

Yil jangi – Deyvison Figeredo va Brendon Moreno (UFC 256 turnirining markaziy bellashuvi);

Yil nokauti – Xoakin Bakli va Impa Kasanganay (UFC fight night 179 Baklining aylanma zarbasi);

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Trevor Vittman (Usman, Namayunas, Miochich va Getjining murabbiyi). 

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 11 noyabr kuni UFC’ning so‘nggi raqamli turniri markaziy jangida Charlz Oliveyra va Dastin Pore o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov MMA Kamaru Usman Israel' Adesan'ya Rouz Namayunas Brendon Moreno

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing