Ispaniyalik forvard APLda rekord o‘rnatdi
Sport
−
29 Sentabr 2019
4275Angliya Premer Ligasining 7-turida "Manchester Siti" safarda "Everton"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Shaharliklar" futbolchisi David Silva APLda o‘zining 200-g‘alabasiga erishdi. Buning uchun u 289 uchrashuvda qatnashdi. Mazkur natija turnirning rekordi hisoblanadi.
33 yoshli Silva "Manchester Siti" tarkibida 2010 yildan buyon harakat qilmoqda. Ushbu mavsumda u 1 gol va 5ta golga assistentlik qilgan.
Ma’lumot uchun, David Silva 1986 yilda Ispaniyaning Gran Kanariya orolining janubidagi Arginegin shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Fernando Ximenes, Kanar orollarida tug‘ilgan, u politsiyachi bo‘lib ishlagan va yoshligida yarim professional jamoada futbol o‘ynagan, unga Ispaniya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinchisi Xuan Karlos Valeron ham qo‘shilgan. Davidning onasi Eva Silva yapon millatiga mansub.
David Ispaniyaning "Eybar", "Valensiya", "Selta" kabi klublarida ham to‘p surgan.
LiveBarchasi