Ispaniyalik ayol 500 kun g‘orda yashab, rekord o‘rnatdi

Bu qiziq

image

Ispaniyalik 50 yoshli alpinist ayol dunyodan ajralgan holda, 500 kun g‘orda yashab, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi

Qayd etilishicha, ayol 2021 yilning 21 noyabrida rekord o‘rnatish uchun Ispaniya janubida joylashgan yer ostidagi 70 metrli g‘orga kirib ketgan. U so‘nggi 500 kunni aynan o‘sha g‘orda o‘tkazadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, undan avvalgi rekord italiyalik Mauritsio Montalbiniga tegishli bo‘lib, u 1987 yilda 210 kun g‘orda yashagan. Boshqa manbada esa 2016 yilda serbiyalik alpinist 460 kundan ortiq yer ostida bo‘lgani aytiladi. 

Rekordchi ayol g‘orda yashagan vaqtini ikkita kamera yordamida suratga tushirgan. U kamera yozuvlarini g‘orning almashuv nuqtasiga qo‘ygan va sheriklari u yerga tashlab ketgan yegulik va boshqa kerakli narsalarni olgan. Ayol vaqtni o‘tkazish uchun kitob o‘qish, rasm chizish, to‘quvchilik hamda boshqa yumushlar bilan shug‘ullangani, 60 kundan so‘ng tashqariga chiqishga qolgan vaqtni hisoblashni to‘xtatganini so‘zlab bergan. 

Bu vaqt davomida u dunyodagi voqealardan mutlaqo bexabar bo‘lgan va eng qizig‘i, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganini ham bilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

rekord g'or al'pinist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing