Ispaniyaga futbol qaytmoqda!

Sport

image

Ispaniya hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin choralarini yengillashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning ma’lum qilishicha, futbol bo‘yicha milliy chempionat – La Liga o‘yinlari 8 iyundan davom ettiriladi.

 “Ispaniya o‘zidan talab qilingan barcha narsani bajarmoqda. Mamlakat ommaviy tadbirlarni davom ettirish fursati yetdi. Biz uchun imkoniyatlar ochilmoqda”, deydi Sanches.

Qayd etish kerak, La Liga o‘yinlari yuzaga kelgan pandemiya sababli muzlatib qo‘yilgandi. Shu paytga qadar musobaqaning 27 turi ortda qolgan. La Liga doirasidagi so‘nggi o‘yin 10 mart kuni o‘tkazilgan edi.

La Liga jadvalida Kataloniyaning “Barselona” (58 ochko) va Madridning “Real” (56) jamoalari mos ravishda birinchi hamda ikkinchi o‘rinlarda borishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing