Ispaniyada diktatorning jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilindi
Olam
−
24 Oktabr 2019
5182Bugun, 24 oktyabr kuni Ispaniyada diktator Fransisko Frankoning qoldiqlari eksgumatsiya qilindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Frankoning jasadi ortilgan tobut Madriddan bir necha o‘n kilometr narida joylashgan yodgorlik majmuasidan vertolyot yordamida Mingorrubio qabristoniga yetkazilishi kerak edi. Uning xotini bu qabristonga dafn etilgan.
Eksgumatsiya matbuot vakillarisiz amalga oshirildi. Marosimda faqat Frankoning qarindoshlari, ruhoniy, sud mutaxassisi va Ispaniya Adliya vaziri Dolores Delgado ishtirok etdi.
Diniy marosimdan keyin qarindoshlar tobutni olib, uni vertolyotga yukladilar. Shu bilan birga ular "Yashasin Ispaniya!" deyishdi. Diktatorni dafn etish kerak bo‘lgan qabristonda uning tarafdorlari yig‘ilib, "Yashasin Franko!" "Hukumat sudga berilsin, demokratiyaning g‘alabasi" deb baqirdi. Diktator tarafdorlari o‘z navbatida, hokimiyatni kelgusi Parlament saylovlari munosabati bilan siyosiy maqsadlardan foydalanishga urinishda aybladi.
Franko dafn etilgan vodiyda 1930-yillardagi fuqarolar urushida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi qad ko‘targan. Pedro Sanches boshchiligidagi Ispaniyaning hozirgi chap Hukumati "diktatorni ulug‘lash" nomaqbul deb ta’kidlab, uning jasad qoldiqlarini bu yerdan ko‘chirishni qo‘llab-quvvatladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Karmen Kalvoga ko‘ra, uni "bunday munosib joyga" ko‘mmaslik kerak. Diktatorning avlodlari sudda kurashdi. Ular, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash uchun katolik cherkoviga murojaat qildi. Frankoningg qarindoshlari jarayonni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo oxirida Oliy sud qoldiqlarni olishga ruxsat berdi.
Fransisko Franko 1930-yillarda Ispaniya fuqarolar urushiga olib kelgan harbiy to‘ntarish tashkilotchilaridan biri edi. U g‘alaba qozongach, 1970 yillarning o‘rtalariga qadar davom etgan diktatorlik rejimiga rahbarlik qildi.
Uning hukmronligi, xususan, chap harakat vakillariga qarshi qatag‘onlar bilan birga bo‘lgan. Shu bilan birga, bir qancha qochoq natsistlar mamlakatdan boshpana topdilar (ilgari Franko Italiyaning fashistik Hukumati va natsist Germaniyasi bilan aloqalarni o‘rnatgan, garchi u Ikkinchi Jahon urushi paytida ular bilan ochiq ittifoq tuzmagan bo‘lsa ham).
LiveBarchasi