Rossiya o‘rmonida markaziy osiyolik ayolning boshsiz jasadi topildi

Olam

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahri yaqinidagi o‘rmondan Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 41 yoshli ayolning boshi topildi. Bu haqda URA.RU xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 30 oktyabr kuni ertalab Yekaterinburgning janubi-g‘arbiy o‘rmonida yugurishga chiqqan mahalliy aholidan biri 41 yoshli ayolning boshsiz jasadini topib olgan. Shundan so‘ng, hodisa haqida huquq-tartibot idoralariga xabar berilgan.

Tergovchilar ayolning shaxsini aniqlab, gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Qayd etilishicha, qotil ayolning 21 yoshli o‘g‘li bo‘lib chiqqan. U qotillikka iqror bo‘lgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ona va o‘g‘il Qirg‘izistondan Yekaterinburgga 2023 yilda borgan. Ayol savdo markazida ishlagan, yigit ishsiz bo‘lgan.

Jinoyatchi qotillikni joriy yilning 20 oktyabr kuni o‘rmondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi yonida sodir etgan. Ona va bola avvaldan janjallashib kelgan. Qotillik sodir etilgan kunda ham o‘g‘il onasi bilan janjallashib qolgan.

“Tergov davomida yigitdan qanday qilib o‘z onasini o‘ldirgani haqida so‘ralganida, yigit ko‘p marotaba chorva mollarini so‘yganini va bu jarayonga o‘rganib qolganini aytgan”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ushbu jinoyat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasining Sverdlovskiy viloyati bo‘limi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada politsiya yo‘l bo‘yidan olti erkakning kesilgan boshini topgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ekaterinburg Rossiya Qirg'iziston jasadi boshsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing