Meksikada yo‘l bo‘yidan 6 ta tanasiz bosh topildi

Olam

image

Joriy yilning 19 avgust kuni Meksikada politsiya yo‘l bo‘yidan olti erkakning kesilgan boshini topdi. Bu haqda “La Jornada” nashri xabar berdi.

Meksika Davlat jamoat xavfsizligi tizimining ijrochi kotibiyati ma’lumotlariga ko‘ra, soat 6:45 da 911 favqulodda xizmatiga bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, yo‘ldan o‘tayotganda yo‘l yoqasida “odam boshiga o‘xshash narsa”ni uzoqdan ko‘rib qolganini xabar qilgan.

Politsiya manbalariga ko‘ra, boshlarning yuz qismidan teri ajratib olingan va ularning yonida jinoyatchi guruhlardan biri tomonidan imzolangan deb taxmin qilinayotgan yozuvli mato ham bo‘lgan. Matn mintaqadagi zo‘ravonlik harakatlarida ayblanayotgan shaxslarga qaratilgan bo‘lib, ularga tovlamachilik va qotilliklar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu San-Martin Tecmelukan (Puebla shtati) chegarasiga yaqin hududda hududiy nazorat uchun kurashayotgan jinoyatchi guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro “hisob-kitob” bo‘lishi mumkin. Chiriy boshlagan 6 odamning boshi o‘tloq orasidan,  Atotonilko-Ikstakuistla yo‘nalishidagi yo‘l bo‘yidan topilgan.

Tlaskala shtati Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov ishini boshlagan. Voqeadan xabardor bo‘lgach, Tergov politsiyasi xodimlari va Sud-tibbiyot fanlari instituti ekspertlari voqea joyiga yetib borib, zarur protseduralarni amalga oshirgan va dastlabki tekshiruv ishlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada narkokartellar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar tufayli 20 kishi o‘ldirilgani va ularning to‘rttasi boshsiz holda ko‘prikka osilgan holda topilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika tanasiz bosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing