Xomanaiyning jasadi topildi va uning o‘limi tasdiqlandi – “Reuters”

Olam

image

86 yoshli Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil zarbalari oqibatida vafot etdi va uning jasadi topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Shuningdek, “The Jerusalem Post”ning yozishicha, Ali Xomanaiy Isroilning Tehronga bergan zarbasi oqibatida o‘ldirilgan. Isroilning yuqori martabali rasmiylariga uning jasadi Isroil aviatsiyasi zarbasi oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan topilgani haqida ma’lumot berilgan.

Xabar qilinishicha, Xomanaiy jasadining suratlari Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga ko‘rsatilgan. Netanyaxu ham televideniye orqali qilgan murojaatida Xomanaiy o‘ldirilganiga doir “borgan sari ko‘payib borayotgan dalillar” mavjudligini aytgan, biroq qo‘shimcha tafsilotlarni keltirmagan.

Xomanaiy 1989 yildan beri Eronni boshqarib kelayotgan edi. Oliy rahbar sifatida u ushbu Islom Respublikasidagi hukumatning barcha tarmoqlari, harbiylar va sud tizimi ustidan mutlaq vakolatga ega edi.

Deyarli qirq yil davomida Xomanaiy Fors ko‘rfazi bo‘yidagi sunniy musulmon davlatlari bilan raqobatlasha oladigan mintaqaviy kuchni barpo etdi va shu bilan birga atrofdagi mintaqani sarosimaga solgan yadro texnologiyalarini rivojlantirdi.

Eron AQSH va Isroilga nisbatan murosasiz dushmanlik kayfiyatida bo‘lib kelgan, ayni paytda mamlakat ichidagi takroriy tartibsizliklarni bostirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ali Xomanaiyning Tehrondagi qarorgohi butunlay vayron qilingani haqida xabar berilgan edi. Airbus Defence and Space kompaniyasi tomonidan olingan aerofotosuratlar e’lon qilindi. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, ob’ekt Isroil harbiy-havo kuchlarining zarbalari oqibatida vayron bo‘lgan.

Biroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi NBC telekanaliga bergan intervyusida Ali Xomanaiy va mamlakat Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon tirik ekanini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jasadi Oyatulloh Ali Xomanaiy Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing