OMON tarafidan kaltaklangan migrant jasadi bir oydan beri Rossiyada qolmoqda

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 yanvar kuni Rossiyada Samarqanddan bo‘lgan mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan amalga oshirilgan qiynoq oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Hodisa  2025 yilning 12 dekabr kuni sodir bo‘lganiga qaramay, buning isi yangi yildan keyin chiqdi.  

QALAMPIR.UZ hodisaning keyingi tafsilotlarini o‘rganish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, marhumning jasadi hamon Rossiya Federatsiyasida saqlanmoqda, ertaga, 11 yanvar kuni u O‘zbekistonga yuboriladi. 

“Yakshanba kuni mayyit O‘zbekistonga yuboriladi. Dushanba kuni O‘zbekiston vakillari samarqandlik fuqaroning vafoti bo‘yicha Xabarovsk rasmiylari bilan uchrashadi”, dedi Burxonov. 

Tahririyat jurnalisti marhumning jasadi qay tartibda O‘zbekistonga yuborilishi, xarajatlar kim tarafidan qoplanishi haqida savol berar ekan, vazirlik rasmiysi bunday masalalar bo‘yicha maxsus fond tashkil qilingani, agar marhumning yaqinlari xarajatlarni to‘lash bo‘yicha qiyinchilikka duch kelsa, bu davlat tarafidan qoplanishini ma’lum qildi.

Rossiyada o‘ldirilgan o‘zbekistonlik migrant

Rossiyaning Xabarovsk shahrida Samarqandlik mehnat muhojiri Maxsus maqsadli mobil blok (OMON) tomonidan sodir etilgan qiynoqlar oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqea 2025 yilning 12 dekabr kuni sodir bo‘lgan bo‘lishiga qaramay,  u haqida ma’lumot  2026 yilning 2 yanvarida berildi. 

Maxsus kuchlar xodimlari kafelardan biriga bostirib kirib, u yerda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, koma holatiga tushgan, ulardan biri, bir  necha kun o‘tib vafot etgan. Ikkinchi jabrlanuvchi haqidagi ma’lumotlar esa rasman tasdiqlanmagan. Hozircha marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinmagan. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov rasmiy munosabat bildirdi. 

Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Jasadni vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, hodisa yuzasidan Xabarovsk o‘lkasi Prokuraturasi, tergov boshqarmasi hamda Rossiya TIVning hududiy vakolatxonasiga notalar yuborilib, holatni har tomonlama, xolisona va qonun doirasida o‘rganish so‘ralgan.

Ushbu voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarni mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasadi OMON kaltaklangan migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing