Ispaniya va Portugaliyada issiqdan vafot etganlar 1,7 mingdan oshdi

Olam

image

Portugaliya va Ispaniyadagi jazirama to‘lqinlar 1700 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosi rahbari Xans Klyugening bugun, 22 iyul kuni agentlik saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

“Bu yil biz birgina Ispaniya va Portugaliyadagi jazirama paytida 1700 dan ortiq o‘limga guvoh bo‘ldik”, deyiladi hujjatda.

Klugening ta’kidlashicha, u o‘rmon yong‘inlari hozir hatto shimolda, Skandinaviyada ham sodir bo‘layotganidan xavotirda, bu hafta Londondagi yong‘inlar 41 uyni vayron qilgan.

Yaqin haftalarda bir qator Yevropa davlatlarida anomal issiq havo kuzatilmoqda. Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) vakili Robert Stefanskiy Yevropada havoning haddan tashqari yuqori harorati kelasi hafta o‘rtalarigacha davom etishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

jazirama

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing