Ispaniya terma jamoasi sardori “Milan”ga ko‘chib o‘tdi
Sport
−
19 iyul
2650Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli forvardning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Alvaro Morata “Milan” safida 7-raqamda to‘p tepadi.
Faoliyati davomida Morata “Real”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko” klublarida o‘ynab, jami 506 ta o‘yin o‘tkazib, 172 ta gol urgan. U ikki marta Yevropa Chempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Alvaro La Liga va A Seriyada ikki marta chempion bo‘lgan.
Ispaniya terma jamoasining amaldagi sardori o‘z terma jamoasi safida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urdi va yaqindagina Yevropa chempionati, undan oldin esa UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.