Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda yengdi
Sport
−
21 iyun 2080 1 daqiqa
Bugun, 21 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “H” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya terma jamoasi 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Bahs AQSHning Atlanta shahridagi “Mersedes-Bens Stedium” arenasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hisob 10-daqiqada ochildi. Ispaniya terma jamoasi safida Lamin Yamal hisobni ochgan bo‘lsa, Mikel Oyarsabal 21 va 24-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi. Uchrashuvning 49-daqiqasida Saudiya Arabistoni himoyachisi Hassan Al-Tambakti o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi. shu tariqa ispanlar 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.
Ma’lumot uchun, birinchi turdan keyin “H” guruhidagi barcha jamoalar hisobida bir ochkodan mavjud edi. Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni Urugvay bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etgandi.
Endilikda guruh bosqichining so‘nggi turida Ispaniya Urugvayga qarshi maydonga tushadi. Saudiya Arabistoni esa Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi