Ispaniya sardori faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Sport

image

Madridning “Atletiko” klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata katta ehtimol bilan bu yozda “matraschilar” safini tark etib, boshqa klubga o‘tadi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Milan” Moratani o‘z safiga qo‘shib olish uchun hujumchining tovon puli, ya’ni 13 million  yevroni to‘lashga tayyor. “Rossonerilar” u bilan yiliga 5 million yevro maosh evaziga 2028 yilgacha shartnoma imzolamoqchi. Morata shu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rejalashtirmoqda.

“Milan” mutasaddilariga ko‘ra, tajribali ispaniyalik forvard “Los-Anjeles”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan Olive Jiruga munosib o‘rinbosar bo‘ladi.

“Atletiko”da Morataning o‘rnini La Ligadagi o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan “Jirona” futbolchisi Artyom Dovbik egallashi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Morata “Atletiko” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. 31 yoshli hujumchining “Atletiko” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Al'varo Morata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made