Ispaniya Netanyaxuni hibsga oladi

Olam

image

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakat rasmiylari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qirollikka kelsa, uni hibsga olish uchun Xalqaro jinoiy sudning (XJS) orderini ijro etishini aniq aytdi. Bu haqda “El País” xabar berdi.

“Men siyosiy fantastika bilan shug‘ullanishni yoqtirmayman, lekin men buni juda aniq aytdim: XJC Rim statutiga ega, u bir qator majburiyatlarni o‘z ichiga oladi va biz qonun tomonidan yuklangan barcha majburiyatlarga rioya qilamiz. Bizning pozitsiyamiz juda aniq: biz Ispaniyaning majburiyatlarini hurmat qilamiz”, dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 21 noyabr kuni XJC Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni “harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar”da hibsga olish uchun order berdi. Ba’zi davlatlar, xususan, Vengriya, Avstriya, Chexiya va Germaniya XJC qaroridan noroziligini bildirib, unga rioya qilmasliklari mumkinligi haqida bayonotlar berdi. Fransiya ham Xalqaro jinoiy sud qaroriga qaramay, Netanyaxuni mamlakat hududida hibsga olinmasligini bildirdi.  AQSH ham XJS qarorini qoraladi. Kreml voizi Dmitriy Peskov esa XJS harakati biror narsaga yordam berishi dargumon ekanini aytdi.

O‘z navbatida, Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya agar Binyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni Xalqaro jinoiy sud orderi bo‘yicha hibsga olishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrel Xalqaro jinoiy sudning Netanyaxuni hibsga olishga order berish qarorini qo‘llab-quvvatlamagan davlatlarni hukmni hurmat qilishga chaqirgan va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sud qarorini bajarishga majbur ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Bin'yamin Netan'yaxu XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing