Isoqjon domlaning o‘rniga yangi imom-xatib tayinlandi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2023
10278Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “Imom Termiziy” jome masjidiga Yahyo Abdurahmonov imom-xatib etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 5 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov shom namozi vaqtida mazkur masjidga tashrif buyurib, namozxonlarga yangi tayinlangan imomni tanishtirgan.
Ma’lumot uchun, Yahyo domla Abdurahmonov tayinlovga qadar tumandagi “Imom al-Buxoriy” masjidi imomi bo‘lib ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgust kuni Isoqjon Begmatov soliqlar va keshbek masalasidagi bahsli chiqishlari ortidan “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi lavozimidan ozod etilgan edi. Isoqjon domla ushbu lavozimga 2019 yilning yozida tayinlangandi.
LiveBarchasi