Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonning xaroba maktablari uchun pul ajratadi
Jamiyat
−
23 fevral 2023
4874Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda maktablarni qurish va ta’mirlash uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 22 fevral kuni vazir Hilola Umarova va Islom taraqqiyot banki mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuv davomida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalar belgilab olingan.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda qurilish ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag‘ ajratilishiga kelishib olingan.
Mazkur soha uchun Ta’lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkiloti tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ming 104 ta maktab 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsada, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.
Ta’mirtalab maktablar soni esa 1 ming 250 tani tashkil etadi.
LiveBarchasi