Islom Oliveyraga qarshi dominantlik qiladi – Mendes

Sport

image

UFC yengil vazn toifasining sobiq chempioni Habib Nurmuhamedovning murabbiyi Xaver Mendesning fikricha, Habib ham, Islom Maxachev ham liganing yengil vazn toifasi amaldagi chempioni Charlz Oliveyra bilan jangda ustunlik qilishi mumkin.

“Menimcha, ikkalasi ham Oliveyrani mag‘lub etishi mumkin edi. Uslub nuqtai nazaridan Islom yaxshi oyoq zarbasiga ega. Habib bu borada hech qachon yaxshi bo‘lmagan. Lekin Habibning ustunligi mutlaqo boshqa. Mening shaxsiy fikrim shuki, Charlz qanchalik buyuk bo‘lmasin, Islom u bilan jangda dominantlik qiladi”, deydi Xaver Mendes.

Ma’lumot uchun, “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Getji bilan bo‘lgan jang Xabib uchun otasi Abdulmanap vafot etganidan keyin birinchi bo‘ldi.

Charlz so‘nggi jangini 2021 yilning 11 dekabr kuni UFC 269 turniri doirasida AQSH vakili Dastin Porega qarshi o‘tkazib, bo‘g‘ish uslubi orqali g‘alaba qozongan.

Islom Maxachev (21-1) oxirgi marta BAA poytaxti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida Den Xukerni (21-11) mag‘lub “kimura” (qo‘lni qayirish) uslubi orqali mag‘lub etgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Oliveyra Islam Mendes

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing