Islom Maxachev oktagonga ko‘tariladigan UFC 311 turnirining promo roligi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev o‘zining navbatdagi jangini 2025 yil 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 311 turnirida chempionlikka da’vogar armanistonlik Arman Sarukyanga qarshi o‘tkazadi. 

Kecha, 17 dekabr kuni musobaqaning reklama roligi promoushenning rasmiy sahifalarida e’lon qilindi.

Videorolikda Islom Maxachev yana bir da’vogar Arman Sarukyanga qarshi o‘z kamarini himoya qilishi, Merab Dvalishvili Umar Nurmuhammedovni imtihondan o‘tkazishi hamda Irji Proxazka va Jamal Xill to‘qnashuvi haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Qayd etish joiz, ushbu turnirda yana bir chempionlik jangi o‘tkaziladi. Dasltab, “co main event”da eng yengil vazn toifasi chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Umar Nurmuhammedovga qarshi oktagonga chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, Islom so‘nggi jangida amerikalik Dastin Poreni 5-raundda bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etgandi. Merab esa oxirgi jangida Shon O'mellini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub yetib, eng yengil vazn toifasining yangi chempioniga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Arman Tsarukyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing