Islom Maxachev Charlz Oliveyrani to‘xtatishga va’da berdi

Sport

image

Yengil vazn toifasidagi rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachev vakant chempionlik unvoni uchun bahsda Charlz Oliveyraning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ymoqchi. Bu haqda sportchining so‘zlariga asoslanib, “The National” nashri xabar berdi.

Shuningdek, Maxachev Charlz bilan jang hayotidagi eng katta sinov emasligini aytgan.

“Men xursandman. Chunki orzuyimga har qachongidan ham yaqinman. Chempionlik daqiqalarigacha oz qoldi. Tez orada chempion bo‘laman. Men tushlarimda kamarni olib, oktagonga sakrab tushaman. Sababi men hech qachon qafasga sakrab o‘tirmaganman. Bu mening orzuyim va men unga har qachongidan ham yaqinroqman.

Oliveyra juda xavfli. U har doim raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etadi. U tik turganda ham, yerda ham xavf tug‘diradi. Lekin men o‘z mahoratimga ishonaman va bu faoliyatimdagi eng katta sinov emas deb o‘ylayman. Sababi men ko‘plab mahoratli yigitlarni urganman. Ammo hozir Charlz chempion. U yaxshi g‘alabali seriyani davom ettirmoqda va uni hech kim to‘xtata olmaydi, deb hisoblaydi. 22 oktyabrda men buni amalga oshiraman. Men qafasga kirib, Charlzni to‘xtataman. Bu yigit UFC'dagi eng uzun g‘alabali seriyaga ega. Mening maqsadim uning g‘alabali seriyasini tugatishdir. Men uning rekordini buzaman”, degan Maxachev.

Qayd etish kerakki, Charlz UFC'dagi ketma-ket 11 ta jangida g‘alaba qozongan. Oliveyra oxirgi mag‘lubiyatini 2017 yilning 2 dekabrida Pol Felderdan qabul qilib olgan. Shundan so‘ng, braziliyalik jangchi g‘alabali seriyasini boshlagan va hozirgacha umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan UFC 274 musobaqasidagi so‘nggi jangi oldidan Oliveyra ortiqcha vazn muammosiga duch keldi va shu sababli chempionlik unvonidan mahrum qilindi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji vazn limitini bajargan bo‘lsa-da, Oliveyrani mag‘lub qila olmadi. Shu sababli chempionlik kamari vakant qolgandi. 

Maxachev esa uzoq davom etgan g‘alabali seriyadan so‘ng, chempionlik unvoniga da’vogar pozitsiyasiga ko‘tarildi. UFC Fight Night 202 turniridagi so‘nggi jangida Islom amerikalik Bobbi Grinni birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.

Ma’lumot uchun, braziliyalik Charlz Oliveyra va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik uchun bahs joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Oliveyra Islom Maxachev

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing