Prezident xorijdagi o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi
Jamiyat
−
21 mart 2020
9589O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijda bo‘lgan va qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni Vatanga qaytarish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bochiligidagi Yangi turdagi koronavirusning O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiya zudlik bilan aviakomaniyalarning O‘zbekistonga parvozini amalga oshiruvchi charter reyslari jadvalini ishlab chiqdi.
21 mart - Moskvadan (Rossiya) ertalab soat 03:30da va Dehlidan (Hindiston) ertalab soat 17:30da,
22 mart - Kuala-Lumpurdan (Malayziya) soat 04:30da, Moskvadan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbuldan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirskdan (vaqti belgilanmoqda);
23 mart - Seuldan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;
24 mart - Jakartadan (Indoneziya) ertalab soat 07:00da;
26 mart - Bangkokdan (Tailand) soat 01:00 da.
Boshqa mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolarining charter reyslar orqali olib kelinishi davom ettiriladi.
Tez orada keyingi kunlarda amalga oshiriladigan parvozlar haqida batafsil ma’lumot e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari xorijdan qaytib kelgandan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tegishli talab va normalariga qat’iy rioya qilingan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi