Islom Karimov tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albom nashr etildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 82 yil to‘ladi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va Islom Karimov Fondi hamkorligida "Islom Karimov: ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson" deb nomlangan kitob-albom nashr etildi. 

Mazkur kitob Birinchi Prezidentning shaxsiy fotografi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyev va fotorassom Temur Qurbonboyevning suratlari asosida yaratilgan. 

Fotosuratlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Prezidentlik davrlari, davlat boshqaruvidagi faoliyati va shaxsiy hayotidan hikoya qiladi. 

Islom Karimov fondi ushbu kitob-albomga “Fotosuratlarga izoh yoki ta’rif berilmaganiga qaramay, fotoalbom-kitob O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan davrni aniq tasvirlaydi”, deya ta’rif bermoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing