Islom Karimov xotira albomiga qizlarining surati kiritilmadi

Jamiyat

Islom Karimovning suratlari ko‘rgazmasi ochildi. Tatyana Karimova marosimga qo‘ltiqtayoqda keldi north_east

Islom Karimovning suratlari ko‘rgazmasi ochildi. Tatyana Karimova marosimga qo‘ltiqtayoqda keldi

Avvalroq, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov suratlari jamlanmasi kitob-albom shaklida chop etilgani, kecha, 28 yanvar kuni ushbu kitob-albom taqdimoti va fotosuratlar namoyishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur kitob Birinchi Prezidentning shaxsiy fotografi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyev va fotorassom Temur Qurbonboyevning suratlari asosida yaratilgan.

Fotosuratlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Prezidentlik davrlari, davlat boshqaruvidagi faoliyati va shaxsiy hayotidan hikoya qiladi. 

Ushbu suratda Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Akbarovna Karimova bilan oilaviy suratlarini ko‘rish mumkin. Suratlar orasida nabiralari – Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom va qizi Imon, Lola Karimovaning qizi Maryam bilan suratlar bor. Biroq, Islom Karimovning oilaviy suratlari jamlanmasidan qizlari Gulnora va Lola bilan suratlari o‘rin olmagan. 

Bungacha, ya’ni Islom Karimov hayotlik davrida u haqida chop etilgan kitob-albomlardan oilaviy suratlar, jumladan qizlari Gulnora Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva, nabiralari bilan tushilgan suratlar ham o‘rin olgandi. 

Ma’lumki, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh. 

Eslatib o‘tamiz, kitob-albomga 300 dan ortiq fotosuratlar kiritilgan bo‘lib, suratlar “Toshkent foto uyi”da namoyishga qo‘yilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Islom Karimov Lola Karimova Tat'yana Karimova

Baholaganlar

678

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing