Islandiyada vulqon otildi. Hukumat favqulodda holat e’lon qildi (video)
Olam
−
23 avgust
3292Islandiyaning Reykyanes yarimorolida zilziladan so‘ng vulqon otila boshladi. Hukumat favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Vulqon otilishi kecha, 22 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 21:26 da boshlangan. Grindavik shahri aholisi evakuatsiya qilingan. Qancha odam shahardan olib chiqib ketilganiga aniqlik kiritilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, magma oqib chiqadigan yerdagi yoriq 3,9 km uzunlikda va vulqon lavasi 6 km/soat tezlikda harakat qilmoqda.
Islandiya fuqaro muhofazasi direktori Vidir Reynissonning ma’lum qilishicha, asosiy muammo oroldagi sovuq suv ta’minoti. Quvurlar himoyalangan va avvalgi vulqon otilishlari bosimiga bardosh bergan, ammo lava unga yetib borsa, suv ta’minoti xavf ostida qoladi.
Ma’lumot uchun, Islandiyada 33 ta faol vulqon tizimi mavjud. Bu Reykyanesda joriy yilda beshinchi vulqon otilishidir. Xususan, vulqon yanvar, mart va may oylarida otilgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Yangi Zelandiyada vulqon otilgani xabar qilingan edi.