Islandiyada vulqon otila boshladi (video)
Olam
−
21 noyabr
2030Islandiyadagi Reykyanes yarimorolida vulqon otilishi boshlandi. Bu haqda RUV telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:24 da Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolidagi vulqon otilishi boshlangan. Favqulodda vaziyatlar xizmati ushbu hodisa sababli favqulodda holat e’lon qilgan va Grindavik shahri va mashhur “Moviy ko‘l” geotermal dam olish majmuasi aholisini evakuatsiya qilmoqda.
“Otilish Sundxnuksgigar kraterlari hududida sodir bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Islandiyada 33 faol vulqon tizimi mavjud. Reykyanes yarimorolida 2021 yildan buyon bir necha bor vulqon otilgan: 2021 yil martida, 2022 yil avgustida, 2023 yil iyulida va joriy yilning yanvar, mart, may hamda avgust oylarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kamchatka yarimorolidagi Ust-Kamchatsk qishlog‘i yaqinida joylashgan “Shiveluch” vulqoni otilgan edi.